Eng dolzarb

Yaqin Sharq yana olov ichida qoladimi?

Odatda boshqa kunlarga nisbatan tinch o‘tadigan yakshanbada butun dunyo OAVlari Erondagi portlashlar tufayli jonlanib ketdi.

Yaqin Sharq yana olov ichida qoladimi?

 

Odatda boshqa kunlarga nisbatan tinch o‘tadigan yakshanbada butun dunyo OAVlari Erondagi portlashlar tufayli jonlanib ketdi. Voqea aslida qanday bo‘lgani nomaʼlum; maʼlumotlar bir-biriga zid. Bir tomondan portlashlar Isroil tomonidan amalga oshirilgan degan taxminlar bor (Tel-Aviv buni rasman tan olgani yo‘q).  The Wall Street Journal‘ga ko‘ra, zarbalar Eronni tiyib turish strategiyasi doirasida amalga oshirilgan. Gazeta maʼlumotlariga ko‘ra, Isfaxondagi ballistik raketalar omboriga uyushtirilgan dronlar hujumi ortida aynan Isroil turibdi.

 

Boshqa bir taxminlarga ko‘ra, AQSH to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmasa-da, qisman bu voqealarga aloqador. Ammo isroillik hamkasblaridan farqli o‘laroq, Oq uy munosabat bildirishdan qochmadi: Vashington hujumlarga aralashmaganini maʼlum qildi.

 

New York Times ham Isroil versiyasi haqiqatga yaqinligiga ishora qildi. Gazeta mamlakat bosh vaziri Netanyaxuning Eronga nisbatan keskin munosabatini eslatib o‘tgan.

 

Rasmiy Tehron hujumlarda aniq bir tomonni ayblamadi. Shu bilan birga mudofaa vazirligi zarbalar muvaffaqiyatsiz bo‘lganini aytmoqda.

 

Maqsad bosim o‘tkazishmi?

Tahlilchilarga ko‘ra, Ukrainadagi harbiy mojaro va yadro muzokaralarning to‘xtatib qo‘yilishi ortidan Tehronga bosim kuchayib ketdi. G‘arb bir necha oydan beri Eronni Rossiyaga dron va raketa yetkazib berishda ayblab kelmoqda. Bu Kreml va Tehron tomonidan inkor qilinayotgan bo‘lsa-da, ayrim faktlar haqiqatdan ham qurol oldi-berdisi bo‘lganini tasdiqlayapti.

 

Birinchidan, Ukrainada urib tushirilayotgan “Geran” uchuvchisiz qurilmalari Eronning Shahed 136 dronlariga haddan tashqari o‘xshash;

 

Ikkinchidan, ikki davlat kuchishlatar tizimlari rahbarlari o‘tgan yili yozda o‘ta faol tarzda Eron va Rossiya poytaxtlariga qatnagani qayd etildi;

 

Uchinchidan, Moskva Tehronga uzoq vaqtdan beri vaʼda qilingan Su-35 samolyoti va bir qancha yuqori aniqlikdagi tizimlarni yetkazib bermoqchi. Xususan, Eronning Tasnim agentligi 21 martga qadar RF tomoni qiruvchi samolyotlarni yetkazib berishini maʼlum qildi.

 

OAV Yuqoridagi omillar nafaqat G‘arbni, balki Yaqin Sharq davlatlarini ham xavotirga solganini qayd etgan. Mintaqadagi Eronning ashaddiy raqibi bo‘lgan Isroil Su-35 va havo hujumiga qarshi mudofaaning yangi tizimlarini berilishiga qarshi. Bu uning Yaqin Sharqdagi texnologik ustunligiga zarba berishi mumkin.

 

Tahlilchilar Eron  yadro dasturi va uning atrofidagi muzokaralarning to‘xtab qolishi ham bosimlarning kuchayishiga sabab  bo‘lganiga eʼtibor qaratgan. Donald Tramp davrida AQSH kelishuvdan bir tomonlama chiqib ketishi ortidan bu masala yana boshi berk ko‘chaga kirib qolgandi. Bayden administratsiyasi o‘z tashqi siyosatida shartnomaga qaytishini eʼlon qildi. Shundan keyin muzokaralar qaytadan boshlandi. Ammo Ukraina mojarosi boshlangach, muloqot yana to‘xtab qoldi. Ayrim manbalarga ko‘ra, kelishuv aslida o‘tgan yilning fevral-martida imzolanishi kerak edi. Ammo Rossiyaning pozitsiyasi tufayli u yana ortga surildi.

 

Ekspertlarning xulosalari va turli bayonotlarga tayanilsa, AQSH Eronning yadro potensiali kuchayishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi. Bu uning Yaqin Sharq va global miqyosdagi pozitsiyalariga jiddiy zarba bo‘lishini Vashington yaxshi anglaydi. Bundan tashqari, Tehronning yadro quroliga ega bo‘lishi pretsedentni keltirib chiqarishi va Yaqin Sharqda “yadro poygasi”ni boshlab berishi mumkin. Kechagi berilgan zarbalarda AQSH bevosita ishtirok etmagan bo‘lsa-da, maʼlum darajada uning manfaatlariga javob berishi mumkin. Ayrim nashrlarga ko‘ra, hujumlar eronliklarni maʼlum darajada muzokaralar stoliga qaytishga majbur qilishi ehtimoldan holi emas.

 

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Yaqin Sharq yana olov ichida qoladimi? | Zamon.uz