“Arsenal” Markinyosni “Norvich”ga ijaraga berdi
Futbolchi ijara asosida o‘ynaydi.

“Arsenal” hujumchisi Markinyos joriy mavsum oxirigacha ijara asosida “Norvich Siti”ga o‘tdi.
“Norvich”ga qo‘shilganimdan juda xursandman va klubdagi birinchi o‘yinimda o‘ynashni intiqlik bilan kutaman. Ingliz futboli Braziliya futboliga qaraganda shiddatliroq, ammo men yangi jamoamga yordam berish uchun moslashishga harakat qilaman. Muxlislar qo‘limdan kelganini qilishimga amin bo‘lishlari mumkin”, - deya futbolchining so‘zlaridan klub rasmiy sayti iqtibos keltirdi.
19 yoshli Markinyos joriy mavsum “kanonirlar” safida barcha musobaqalarda beshta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Chempionshipda ishtirok etayotgan “Norvich” turnir jadvalida oltinchi pog‘onani egallab turibdi.







