Sport

“Manchester Yunayted” 19 yoshli hujumchini ijaraga berdi

Futbolchi “Nyuport”ga o‘tdi.

“Manchester Yunayted” 19 yoshli hujumchini ijaraga berdi

 

“Manchester Yunayted”ning 19 yoshli hujumchisi Charli Maknill mavsumning qolgan qismini Ikkinchi liganing “Nyuport” klubida o‘tkazadi. Bu haqda “qizil iblislar”ning rasmiy sayti xabar bermoqda.

 

Hujumchi joriy mavsumda mankunianliklar yoshlar jamoasida o‘ynab, jami 20 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va ikkita golli uzatma muallifiga aylandi. U Ispaniyadagi qishki yig‘inda “Yunayted”ning asosiy jamoasi bilan shug‘ullangan va “Kadis”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 45 daqiqa o‘ynagan.

 

Erik ten Xag shogirdlari 20 o‘yinda 39 ochko to‘plagan holda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Yevropa ligasida Manchester shahri jamoasi “Barselona” bilan to‘qnash keladi.

 

“Manchester Yunayted” 19 yoshli hujumchini ijaraga berdi | Zamon.uz