Nukus voqealarining 22 nafar ayblanuvchisiga nisbatan sud hukmi o‘qildi
Bir necha ayblanuvchilar oqlangani ma'lum bo'ldi.

Buxoro sudida Nukus voqealarida aybdor deb topilgan bir guruh shaxslarga nisbatan sud hukmi o‘qib eshittirilyapti.
Unga ko‘ra, gumondorlar Azamat Nuratdinov va Axmet Smetullayev oqlandi va shu zahoti sud zalidan ozodlikka chiqarildi.
Jurnalist Lolagul Kallixanovaga shartli ravishda ozodlikni cheklash (uy qamog‘i) bilan bog‘liq bo‘lgan jazo berildi.
Maʼlumot o‘rnida, jurnalistlardan jaryonni jonli efirda uzatmaslik so‘raldi.







