“Holandning transfer narxi 1 milliard yevroga teng”
Futbolchining agenti bunga izoh berdi.

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandning agenti Rafaela Pimiyenta mijozining boshqa klubga o‘tishini qanchaga baholayotganini aytdi.
“Biz Pogba uchun 105 million yevroga shartnoma tuzdik va hamma buni aql bovar qilmaydigan narx deb aytmoqda. Bugungi kunda ko‘plab futbolchilar xuddi shunday qiymatga ega. Neymar 222 million yevro evaziga Parij klubiga ko‘chib o‘tgandi. Raqamlar o‘zgarib bormoqda. Holand men uchun 1 milliard yevroga teng. Balki hech kim bu narxni to‘lamaydi, lekin bu uning klubga qo‘shilganida ega bo‘lgan salohiyati uchun to‘lashi kerak bo‘lgan narxdir. Bularning barchasini jamlagan holda, uning qiymati ko‘p narsalarni birlashtiradi”, — deya “AS Pimienta” ashri futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirdi.







