Toshkentda “Captiva” yonib ketdi — video
Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

YHXBB bergan dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, bugun, 1 fevral kuni soat 08:30 larda Toshkent shahar Shayxontohur tumani KXAY ko‘chasidagi 5-uy oldida to‘xtab turgan, fuqaro A.B.ga tegishli “Captiva” rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Bir nafar fuqaro kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.







