"Farzandlaringizga o‘zingiz hamrohlik qiling"
Toshkentda ota-onalar farzandlarini o‘zlari maktabga olib borib kelishga chaqirildi.

Yangihayot tumanida maktabdan qaytayotgan 12 yoshli qizning o‘ldirilishidan so‘ng Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi maktab o‘quvchilarining ota-onalariga murojaat qildi.
"O‘zingiz hamrohlik qiling va farzandlaringizni maktabga olib borib maktabdan olib keting", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, boshqarma ota-onalarni farzandlari bilan doimo aloqada bo‘lishga chaqirdi.







