“Manchester Yunayted” g‘alaba qozonmasa, finalga chiqishdan foyda yo‘q”
Shou Liga kubogi haqida gapirdi.

“Manchester Yunayted” himoyachisi Lyuk Shou jamoaning Angliya liga kubogi finaliga chiqqani haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, turnir yarim finalining javob o‘yinida “Manchester Yunayted” “Nottingem Forest”ni mag‘lub etgandi.
“Yigitlar yaxshi dam olishmoqda va muxlislar biz bilan birga ekanini his qilyapmiz. Bu chindan ham intiqlik bilan kutishimiz mumkin bo‘lgan final, lekin undan oldin bizda muhim o‘yinlar bor. Bu juda zo‘r, lekin finalga chiqishdan foyda yo‘q, agar g‘alaba qozona olmasak. “Nyukasl” juda yaxshi jamoa, — dedi Shou.
“Manchester Yunayted” finalda “Nyukasl”ga qarshi maydonga tushadi.







