Manchesterga g‘alabalar seriyasi qaytdi
“Qizil iblislar” o‘n ikki o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmayapti.

Kecha “Old Trafford”da Angliya liga kubogi 1/2 finalining javob uchrashuvlari yakunlandi. Unda “Manchester Yunayted” va “Nottingem Forest” jamoalari bahs olib bordi. Piter Benksning so‘nggi hushtagi mankunianliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasini taʼminladi.
Erik ten Xag jamoasi ketma-ket o‘n ikki uy o‘yinda g‘alaba qozonishdi. Bu “mankunianliklar” klubida 1986 yildan 2013 yilgacha klubni boshqargan Aleks Fergyusondan beri sodir bo‘lmagandi.
26-fevral kuni Londondagi Uembli stadionida bo‘lib o‘tadigan turnirning hal qiluvchi bahsida “Manchester Yunayted” “Nyukasl” bilan kuch sinashadi. Turnirda Markus Reshford 5 ta gol bilan to‘purarlik qilmoqda.







