Qishda transferlar uchun 330 million yevro sarflagan “Chelsi”ning taklifi rad etildi
Bu galgi so‘rov “Inter” futbolchisiga yuborilgandi.

"Chelsi" “Inter” yarim himoyachisi Nikolo Barellaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Shira maʼlum qildi.
Manbaning xabariga ko‘ra, Milan klubi ko‘klarning transfer taklifini rad etgan, chunki ular Barellani sotmoqchi emas.
Barella “Inter”ga 2020 yilda “Kalyari”dan kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsumda yarim himoyachi milanliklar safida barcha turnirlar doirasida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” qishki transfer oynasida deyarli 330 million yevro sarfladi. Klub Enso Fernandes (“Benfika”, 121 million yevro), Mixail Mudrik (“Shaxtyor”, 70 million yevro), Benuit Badiashile (“Monako”, 38 million yevro), Noni Madueke (“PSV”, 35 million yevro), Malo Gustyo (“Lion”, 30 million yevro), Andre Santosni sotib oldi. (Vasko da Gama, 12,5 mln yevro), Datro Fofana (“Molde”, 12 mln yevro) va Joao Feliks (“Atletiko Madrid”, 11 mln yevro ijara) kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.







