Baxtiyor Saidov Ukraina elchisi bilan uchrashdi
Muloqotda turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

2 fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Ukrainaning mamlakatdagi Favqulodda va muxtor elchisi Mikola Doroshenkoni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida turli sohalardagi O‘zbekiston — Ukraina ikki tomonlama hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy yo‘nalishda aloqalarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rish muhimligi qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning noyabrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom Aʼloyev Ukrainaning Favqulodda va muxtor elchisi Mikola Doroshenko bilan TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki davlat ishbilarmon doiralariga o‘zaro imtiyoz va preferensiyalar berish masalalarini muhokama qilgandi.







