“Eng yaxshi qarorni keyingi oy qabul qilaman”
Nacho “Real”dagi kelajagi haqida gapirdi

“Real”ning ispaniyalik himoyachisi Xose Ignasio Nacho jamoadagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
“Madriddagi uyimda baxtliman. Bu pul yoki boshqa narsa emas, bu shaxsiy narsa. Ochig‘ini aytmoqchiman, lekin hozir kelajak haqida javobim yo‘q. Men bu yerda baxtliman va klub buni biladi. Kelgusi oylarda men o‘zim uchun eng yaxshi qarorni qabul qilaman. Jamoaga kerak bo‘lgan bir paytda muvaffaqiyatga erishganim rost. Endi men o‘zimni avvalgidan kattaroq futbolchi deb hisoblayman. Muntazam ravishda mashg‘ulot o‘tkazishni xohlayman”, — deya Nachoning so‘zlaridan “Marca” nashri iqtibos keltirdi.
33 yoshli Nacho joriy mavsumda barcha turnirlarda 18 ta o‘yinda maydonga tushdi. U butun faoliyatini Madrid klubida o‘tkazmoqda.







