Metan “zapravka”larga 5 barobar ko‘p gaz yetkazib beriladi — Shavkat Mirziyoyev
Bir hafta ichida gaz quyish shaxobchalariga kunlik 5 million kub metr gaz yetkazib beriladi (hozir – 1 million kub metr).

Bu haqda Prezident ayni daqiqalarda Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan bo‘layotgan uchrashuvda maʼlum qildi.
Jumladan, sanoat va xizmat ko‘rsatishni tiklash uchun, respublika bo‘yicha:
✅ kuniga 80 million kub metr gaz va 126 million kilo-vatt soat elektr yetkazib beriladi;
✅ bir hafta ichida gaz quyish shaxobchalariga kunlik 5 million kub metr gaz yetkazib beriladi (hozir – 1 million kub metr).







