Sport

Transfer narxi keskin pasaygan futbolchilar

Rekord natija Eden Azarga tegishli.

Transfer narxi keskin pasaygan futbolchilar

 

So‘nggi uch yil ichida dunyoning eng qimmat 10 nafar futbolchisi reytingi tez-tez o‘zgarib turdi. Unda yosh yulduzlar tajribali yetakchilarni ortda qoldirishdi. Mazkur futbolchilar orasida esa narxi keskin tushib ketgan bir nechta o‘yinchilar bor. Biz yulduzlar narxining pasayishini ko‘rib chiqishga qaror qildik. Quyida so‘nggi uch yil ichida o‘yinchilarning transfer narxining o‘zgarishi haqida so‘z boradi.

 

Kevin De Bryuyne, 31 yosh, yarim himoyachi, “Manchester Siti”, 150 million yevro → 80 million yevro

 

Belgiyalik futbolchi yozda 32 yoshga to‘ladi. Uning karerasi yakuniga yetib bormoqda. Kevin Belgiya terma jamoasi bilan hech qanday sovrinni qo‘lga kirita olmadi. “Manchester Siti” bilan ham Chempionlar ligasidagi g‘alaba qozona olmadi.  Biroq, uning o‘yini deyarli o‘zgargani yo‘q. Yarim himoyachi ham gol urmoqda va golli uzatmalarni amalga oshirmoqda. Uch yil davomida Kevin De Bryuyne 136 uchrashuvda 41 ta gol urdi va 59 ta uzatmani amalga oshirdi.

 

Muhammad Saloh, 30 yosh, hujumchi, “Liverpul”, 150 million yevro → 80 million yevro

 

Oxirgi uch yil misrlik futbolchi uchun juda omadli keldi. Muhammad Saloh Angliya Premyer-ligasida bir mavsumda o‘rtacha 20 ta gol urdi, o‘tgan mavsumda 14 ta golli uzatma bilan shaxsiy rekordini o‘rnatdi. Bundan tashqari uchta milliy sovrin - Angliya kubogi, Superkubogi va Liga kubogini qo‘lga kiritdi. Yoshining ulg‘ayishi sabab uning transfer qiymati ham pasayib bormoqda. Muhammad Saloh avvalgi darajasida o‘ynay olmayapti. U ayni vaqtda Premyer-liganing 19 o‘yinida 7 ta gol urgan.

 

Saul Niges, 28 yosh, yarim himoyachi, “Atletiko”, 90 million yevro → 15 million yevro

 

Aftidan, ispaniyalik futbolchi faoliyatining cho‘qqisi nihoyasiga yetdi. 2021 yilning yozida “Atletiko” uni “Chelsi”ga 5 million yevro evaziga ijaraga berdi. U yerda Saul Niges zaxira o‘yinchisiga aylandi. Madridga qaytganidan so‘ng bir qancha o‘yinlarda maydonga tushdi. 2019 yilning noyabr oyidan beri 28 yoshli yarim himoyachi Ispaniya terma jamoasiga chaqirilmadi. Biroq 2020/2021 yilgi mavsumda Saul Ispaniya chempioniga aylandi. Shu tariqa u matraschilar bilan Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan tashqari barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

 

Dele Alli, 26 yosh, yarim himoyachi, “Beshiktosh”, 90 million yevro → 14 million yevro

 

Angliyalik futbolchining 2018/2019 yilgi mavsumdagi faoliyati ajoyib o‘tdi. Biroq, shundan so‘ng Dele Allining o‘yinida katta pasayish kuzatildi. U 26 yoshida Turkiya chempionatiga yo‘l oldi. 2018/2019 yilgi mavsumda u oltita jarohat oldi, shundan so‘ng u avvalgi darajasiga qaytmadi. 2022 yilning birinchi yarmida “Everton”da ham faoliyatini qayta boshlay olmadi. Joriy mavsumda u “Beshiktosh”ning 15 ta o‘yinidan 9 tasida maydonga tushdi. Dele Alli uch yarim yildan beri Angliya terma jamoasiga chaqirilmaydi.

 

Neymar, 30 yosh, hujumchi, “PSJ”, 160 million yevro → 75 million yevro

 

Neymar ham keksayib bormoqda. U 5 fevral kuni 31 yoshga to‘ladi. Hujumchi Braziliya terma jamoasi bilan Amerika kubogi va jahon chempionatida g‘alaba qozona olmadi. “PSJ” bilan esa haligacha Chempionlar ligasida chempion bo‘lmagan. U 2020 yilning yanvaridan beri 11 ta jarohati tufayli Parij klubining 42 o‘yinini o‘tkazib yuborgan. Liga 1ning ushbu mavsumida hujumchi aʼlo darajada harakat qilmoqda.

 

Lionel Messi, 35 yosh, hujumchi, “PSJ”, 140 million yevro → 50 million yevro

 

Argentinalik futbolchi yozda 36 yoshga to‘ladi. Transfer qiymatining pasayishi yosh bilan bog‘liqligi mantiqan to‘g‘ri. Messi “PSJ”da birinchi mavsumni unchalik yaxshi o‘tkazmadi. Lekin ikkinchi mavsumida u “Barselona”dagidek samarali o‘yin ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari jahon chempionatiga ajoyib formada keldi. Hujumchi Argentina bilan musobaqada g‘alaba qozonib, turnirning eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi. Joriy mavsumda Leo “PSJ” safida barcha turnirlar doirasida 23 o‘yinda 14 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 2018 yilda o‘zining eng yuqori cho‘qqisida hujumchi 180 million yevroga baholangan. Taqqoslash uchun, 35 yoshida Krishtianu Ronalduning narxi 60 million yevro edi.

 

Sadio Mane, 30 yosh, hujumchi, “Bavariya”, 150 million yevro → 60 million yevro

 

Senegallik futbolchining ham eng yaxshi yillari ortda qoldi. 2020 yildan buyon Sadio Mane “Liverpul” bilan Angliya kubogi, mamlakat kubogi va liga kubogini qo‘lga kiritdi. “Bavariya” bilan Germaniya Superkubogi sohibiga aylandi. Bu vaqt ichida forvard Premyer-liganing 86 ta uchrashuvida 35 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mane “Liverpul” bilan shartnomasini uzaytirishni istamadi, chunki u anchadan beri jamoani tark etishni rejalashtirgan edi. 2022 yilning yozida nemis klubi uning uchun 32 million yevro to‘ladi, futbolchining o‘zi esa 3 yillik shartnoma imzoladi. “Bavariya”da hujumchi 23 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Rahim Sterling, 28 yosh, hujumchi, “Chelsi”, 160 million yevro → 70 million yevro

 

So‘nggi mavsumlarda angliyalik futbolchining ham Premyer-ligadagi o‘yini pasayib bormoqda. Yozda “Manchester Siti” Rahim Sterlingni 56,2 million yevroga “Chelsi”ga sotdi va futbolchi yangi klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. 28 yoshli hujumchi “ko‘klar” safida shu vaqtga qadar 22 ta o‘yinda maydonga tushdi. 5 yanvar kuni Angliyaning to‘rt karra chempioni jarohatidan forig‘ bo‘ldi.

 

Antuan Grizmann, 31 yosh, hujumchi, “Atletiko”, 120 million yevro → 25 million yevro

 

Uch yil ichida fransuz futbolchisi “Barselona”ga o‘tib, yana “Atletiko”ga qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Antuan Kataloniya klubida Madriddagidan ko‘ra yomonroq o‘ynadi va faqat “Barsa” bilan Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi.

 

Eden Azar, 32 yosh, hujumchi, “Real”, 120 million yevro → 7,5 million yevro

 

Belgiyalik futbolchining transfer narxi uch yil ichida 93,8 foizga arzonlashgan. Bu mutlaq rekorddir. Uch yarim yil ichida u “Real Madrid” safida 73 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urgan, terma jamoada esa 20 ta o‘yinda uch gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, Eden Azar jarohati sabab 70 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi. Bunday yuqori jarohatlarga qaramay, hujumchi ikki marta mamlakat chempionligi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogi g‘olibiga aylandi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Transfer narxi keskin pasaygan futbolchilar | Zamon.uz