Magistratura javoblari qachon chiqadi?
Bu ko'pchilik orasida muhokamaga aylangan edi.

Savolga Xushnudbek.uz Telegram kanalida oydinlik kiritildi.
"Ko’pchilik magistratura uchun qishki qabulning javoblari qachon chiqishi haqida so’rayotgan edi. Bu bo’yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullaridan aniqlik kiritdim.
Ma’lum qilinishicha, ayni kunlarda deyarli barcha javoblar tayyorlangan, kelgusi haftada Davlat qabul komissiyasining bayoni chiqishi kutilmoqda", - deyiladi xabarda.
Ya'ni kelasi hafta magistraturaga topshirgan abituriyentlar o’z natijalarini bilib olishlari mumkin bo’ladi.







