Sport

“Tezkorlik asosiy omil emas, muhimi ishonchlilik”

Fabritsio Romano qanday qilib Yevropa futbolining asosiy insayderiga aylandi?

“Tezkorlik asosiy omil emas, muhimi ishonchlilik”

 

Jahon futbolida yuz berayotgan eng muhim xabarlar haqida maʼlumotlar taqdim etadigan ko‘plab insayderlar bor. Ular orasida Fabritsio Romanoning nomi futbol ishqibozlariga yaxshi tanish bo‘lsa kerak. Sababi, eng mashhur sport nashrlari ham aynan eng qaynoq yangiliklar uchun Fabritsio Romanoga o‘xshagan insayderlarga murojaat qiladi.

 

Romano ushbu qishki transfer oynasini yaxshi o‘tkazdi. Ko‘pgina transferlar haqida birinchi bo‘lib xabar berdi. Muzokaralar qaysi bosqichda ekanligi, tibbiy ko‘riklar qachon rejalashtirilganligi, shartnomalar shartlari qanday, bitim qachon rasman eʼlon qilinishi haqidagi maʼlumotlarni birinchilardan bo‘lib Fabritsio Romano taqdim etdi.

 

U har doim birinchi bo‘lgan deyish haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Misol uchun, “Arsenal”ning Jorjinyoga qiziqishi haqida birinchi bo‘lib boshqa bir insayder, “The Atletic” vakili Devid Orshteyn xabar bergan. Biroq ushbu transfer oynasidagi eng murakkab ish yana Romanoda qoldi.

 

Fabritsio Romano transfer muddatini qanday o‘tkazdi?

 

Insayder “You Tube”da olti soat davom etgan onlayn rejimni ishga tushirdi. Anʼanaga ko‘ra, transfer oynasining so‘nggi kuni eng qaynoq hisoblanadi. Shu kuni kechqurun o‘nlab bitimlar amalga oshiriladi. Italiyalik insayder butun efir davomida ingliz tilida muloqot qilib, Yevropadagi asosiy transferlar haqida yangilangan maʼlumotlarni taqdim etib bordi. Eng ajablanarlisi shundaki, mana shu vaqt ichida Romano mutaxassislar bilan muloqot qilish, ularga savollar berish, insaydlar bilan taʼminlash, manbalar bilan telefon orqali yozishma olib borish va ijtimoiy tarmoqlarda postlar qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Efir davomida jurnalist transferlar haqida 40 dan ortiq qisqa xabarlarni eʼlon qildi. Romanoning so‘zlariga ko‘ra, u har doim barcha xabarlarni hech qanday yordamchilarsiz o‘zi yozadi.

 

Shuni taʼkidlash kerakki, efirda vaqti-vaqti bilan texnik muammolar yuzaga keldi. Kamchiliklar bartaraf etilganda esa insayder eng asosiy kelishuvlar haqida maʼlumot berishini maʼlum qildi. U yana bir bor ijtimoiy tarmoqlardagi barchani efirga ulanishga chaqirdi. Tomoshabinlar 50 mingdan 83 mingtaga ko‘payadi va umumiy ko‘rishlar soni bir milliondan oshdi. Shunda u asosiy transferl yangiliklarini o‘qiy boshladi:

 

“Qadrli kuzatuvchilar Enso Fernandes “Chelsi”da. Bitim yopildi. Hozirgina klublar o‘rtasida kelishuvga erishildi. 120 million yevro. Keyinchalik men sizga to‘lov muddati haqida maʼlumot beraman. Hozir Enso tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. “Chelsi” transfer oynasi yopilgunga qadar hujjatlarni rasmiylashtirishga vaqt borligiga ishonch hosil qilmoqda. Ular buni o‘z vaqtida amalga oshirishlariga kafolat bera olmayman, ammo kelishuvga erishildi”.

 

Romano qanday ishlaydi?

 

U Neapol shahrida tug‘ilgan. 18 yoshidan futbol haqida maqolalar yozishga harakat qilgan. Shu tariqa ularni italyan ommaviy axborot vositalarida chop etishga bel bog‘laydi.

 

Romanoning “The New York Times”  gazetasiga bergan intervyusiga ko‘ra, o‘sha vaqtlari unga notanish bir odam murojaat qilib, Barselona akademiyasida tarbiyalanayotgan ikki yosh o‘yinchi haqida maqola yozishni maslahat beradi.  Bu futbolchilar o‘sha paytda hech kim tanimagan Mauro Ikardi va Jerar Deulofeu edi. Natijada Romano maqola yozadi. Hamda haligi notanish odam bu ikki futbolchining manfaatlarini himoya qila boshlaydi. 2011-yilning yozida Romano birinchi bo‘lib Ikardining “Barselona”dan “Sampdoriya”ga o‘tishi haqida xabar berdi. Shundan bir necha yil o‘tib, hujumchining “Inter” safiga qo‘shilgani haqida birinchi bo‘lib maʼlumot taqdim etdi.

 

Keyin Romano Milanga yo‘l oladi va “Sky Sports Italia” nashriga ishga kiradi. Transferlar haqida ko‘plab postlar yozadigan taniqli muxbir Janluka Di Marsio ham aynan shu yerda ishlardi. Romano unga shaxsiy veb-sayt yaratish va unda qanday ishlash kerakligini o‘rgatadi. Shu bilan birga tajriba orttiradi. U deyarli vaqtini ko‘chada o‘tkadi.

 

Kunlarning birida Romano ijtimoiy tarmoqlarning juda muhim ekanligini tushunib yetadi. Avvaliga u kanaliga barcha foydalanuvchilar kabi shaxsiy hayotidan oddiy suratlarni joylashtiradi. Ularning orasida kechki ovqat, quyosh botishi, jurnalistlarning suhbati kabi suratlar bor edi. Biroq, obunachilar izohlarda undan transferlar haqida maʼlumotlar berishini so‘rashadi.

 

2020-yilda italiyalik insayder uchun muhim bitimlardan biri ro‘y berdi. Bu Bruno Fernandeshning “Manchester Yunayted”ga o‘tishi edi. Romano “Manchester Yunayted”ning yarim himoyachiga qiziqish bildirayotgani haqida birinchi bo‘lib xabar bermaydi, biroq uning transferi haqida maʼlumot taqdim etadi. Jurnalistning fikricha, hatto tezkorlik asosiy omil emas. U ishonchlilikka ko‘proq tayanadi. Odamlar haqiqatni o‘qiyotganlarida unga ishonishlari kerak. Romano asosan shunga eʼtibor qaratadi.

 

12 yil davomida italiyalik insayder shu qadar yaxshi information tizimni yo‘lga qo‘ydiki, natijada u Yevropa futbolining asosiy insayderiga aylandi. Romano yangiliklar taqdim etish uchun sohadagi asosiy agentlar bilan juda yaxshi munosabat o‘rnatadi. Insayderning aytishicha, klub rahbarlari bilan ham aloqa o‘rnatish juda muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, u futbolchilar bilan doimiy muloqot qiladi. O‘ziga kerak bo‘lgan har bir kishi bilan osongina aloqaga chiqa oladi. Eʼtiborlisi, u hatto “Chelsi”ga o‘tishi rejalashtirilgan Arsen Zaxaryan bilan ham bog‘langan.

 

Insayderning pullari

 

Romanoning asosiy xususiyati doimiy ishonchli manbalar bilan ish olib borishida. Italiyalik insayderning homiylari ham bor. U o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida turli xil brendlarni reklama qiladi. “You Tube” kanalining hamkori pivo ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Odamlar baʼzan Romano futbolchilar transferlarining bir foizini oladi deb gumon qilishadi. Jurnalist bunday savollarga kulib turib javob beradi:

 

“Agar futbolchilar va klublardan pul olganimda allaqachon milliarder bo‘lib ketardim”, — deydi insayder.

 

Yaqinda “Chelsi” aʼzosi Hakim Ziyeshning “PSJ”ga o‘tgani haqida maʼlumot bergan Romano muxlislar tomonidan tanqidga uchradi. Biroq, oradan biroz vaqt o‘tib transfer amalga oshmagani haqidagi xabarni taqdim etdi. Aytishimiz mumkinki, jurnalist o‘z darajasini yana bir bor isbotladi. Uning maʼlumotlarini mish-mish deb atash mumkin emas. Agar tomonlar kelishuvga erishgan va futbolchi tibbiy ko‘riklardan o‘tgan bo‘lsa, bu gap-so‘z emas, balki haqiqat. Bular haqida esa birinchi bo‘lib Romano xabar beradi.

 

Aslini olganda, Fabritsio Romanoning ishini shubha ostiga qo‘ymoqchi bo‘lganlar ko‘plab sabab topishi mumkin. Biroq, uning yangiliklarini chuqurroq tahlil qilsangiz hech qanday shubhaga o‘rin qolmaydi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Tezkorlik asosiy omil emas, muhimi ishonchlilik” | Zamon.uz