“Barselona” yozda Ueslini sotib olishga harakat qiladi
Muzokaralar davom etadi.

“Barselona” rahbariyati “Flamengo”ning o‘ng qanot himoyachisi Ueslini qo‘lga kiritish fikridan voz kechmagan. Bu haqda “Sport.es” nashri xabar bermoqda.
Ueslining “Barselona”ga o‘tishi transfer oynasining oxirgi kunida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. “Flamengo” futbolchini 1,5 million yevro evaziga ijaraga berish variantini taklif qildi.
“Barselona” bu taklifni klubning futbolchi bilan xayrlashmoqchi emasligi sifatida qabul qildi. Klub yozda muzokaralarni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Uesli “Flamengo” yoshlar jamoasida o‘ynaydi. Qayd etilishicha, “Barselona” transfer amalga oshsa darhol Ueslini asosiy tarkibda mashg‘ulotlarga olib kelishi mumkin.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida “Barselona” “Real”ni besh ochkoga ortda qoldirib, turnir jadvalining birinchi pog‘onasida bormoqda.







