Fatiga yettita klub qiziqish bildirmoqda
Ular orasida eng faoli “Bavariya” hisoblanadi.

“Barselona” hujumchisi Ansu Fatiga yettita klub, jumladan “Bavariya” ham qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar bermoqda.
Myunxenliklar bu futbolchini juda yaxshi ko‘rishadi, lekin klub “Barsa”ga hech qanday rasmiy taklif bilan chiqmagan. Fatiga yana Angliyaning to‘rtta jamoasi, jumladan, “Arsenal” va “Tottenhem” ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchi so‘nggi o‘yinlarda kamdan-kam hollarda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda. Top-klublar bu vaziyatdan foydalanib, Ansuni o‘ziga jalb qilishlari mumkin. Xavi “Barselona” Fatini sotish niyatida emasligini va klub futbolchiga ishonishini aytgan.
Fatining “Barselona” bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Tovon puli 1 millard yevro. “Barselona” Ispaniya chempionatida “Real”dan 5 ochkoga o‘zib ketdi.







