Holand eng yomon natijani qayd etdi
U uchrashuvda darvoza tomonga bironta ham zarba berolmadi.

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand “Tottenhem”ga qarshi o‘yinda ishtirok etgan futbolchilar orasida eng yomon natijani qayd etdi.
“Shaharliklar”ning kechagi o‘yini “Sky Sports” nashri tomonidan 10 balldan 5 ball bilan baholandi.
Unda Kristian Romero, Ederson, Kayl Uoker, Natan Ake, Bernardu Silva, Kevin de Bryuyne, Riyad Mahrez va Julian Alvaresga 6 ochko berilgan.
Ugo Loris, Erik Dayer, Ben Devis, Ivan Perishich, Rodrigo Bentankur, Deyan Kulusevski, Son Xyon Min, Manuel Akanji, Jek Grealish va Riko Lyuis 10 balldan 7 ball olishgan.
Harri Keyn va Emerson 8 ochkoga ega bo‘ldi. Per-Emil Xeybjerg 9 ochko bilan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, kechagi bahsda “Tottenhem” o‘z maydonida “Siti”ni mag‘lub etgandi, o‘yindagi yagona gol hujumchi Harri Keyn tomonidan kiritildi.







