Turkiyaga FVVning qutqaruvchilari jo‘natiladi
Bu bo‘yicha Shavkat Mirziyoyev topshiriq berdi.

Bu bo‘yicha Shavkat Mirziyoyev topshiriq berdi.
"Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, Turkiyada ro‘y bergan kuchli zilziladan jabr ko‘rganlarga gumanitar yordam hamda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh qutqaruvchilari jo‘natiladi", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv kuchlari ham 400 ga yaqin kishi bilan Turkiyaga yordam berish uchun yuborilmoqda.







