Fransiya prokuraturasi “PSJ” ustidan tergov boshladi
Bunga tunislik fuqaroning murojaati sabab bo‘lgan.

Fransiya prokuraturasi “PSJ”ga nisbatan tergov ishlarini boshladi. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi. Manbaga ko‘ra, tergovga Tunis fuqarosi Hisham Buaxilning murojaati sabab bo‘lgan. Buaxilning so‘zlariga ko‘ra, u Parij prezidenti Nosir Al- Xelayfiyning maslahatchisi va advokati bo‘lib ishlagan. U Dohada joylashgan Tennis akademiyasidan vaqti-vaqti bilan maosh olgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 2015 yildagi shartnoma Buaxil tomonidan tennis o‘qituvchisi sifatida ishlash uchun imzolangan. Bu uning parijliklarga ko‘rsatgan xizmatlariga hech qanday aloqasi yo‘q.
Shu bilan birga, klub Buaxil hech qachon parijliklarning xodimi bo‘lmaganini aytgan. Klub boshqa bayonot bermoqchi emas.







