Isko Marseloning jamoadoshiga aylanishi mumkin
Futbolchiga “Roma” taklif bilan chiqqan.

“Real Madrid” va Ispaniya terma jamoasida to‘p surgan yarim himoyachi Isko faoliyatini Gretsiya chempionatida davom ettirishi mumkin. “Todofichajes” nashrining xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchiga “Pirey Olimpiakos” klubi qiziqmoqda. Aynan shu jamoada uning sobiq jamoadoshi Marselo ham o‘ynaydi.
Isko “Olimpiakos”ga tekinga o‘tishi mumkin, chunki u hozirda erkin agent. Yarim himoyachining so‘nggi klubi “Sevilya” bo‘lib, klub bilan shartnomani o‘tgan yilning oxirida bekor qilgandi.
Mashhur ispaniyalik futbolchi 2022/2022 yilgi mavsumda La Ligada 12 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Oldinroq Isko Italiyaning “Roma” klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.







