0

Yilning "eng katta" o‘g‘riligi (video)

Kalamush zargarlik do‘konini “tunadi”.

Yilning "eng katta" o‘g‘riligi (video)

 

Kalamush zargarlik do‘konidan olmosli marjonlarni “o‘g‘irladi”.

 

Bu  hodisa do‘konga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi tasviriga tushib qolgan. Yozuvda zargarlik do‘konidagi javonda ko‘rsatilgan olmosli marjon aks etgan.

 

To‘satdan tokcha ustidagi shiftdan kalamush paydo bo‘ladi. U zargarlik buyumlarini sudrab borish uchun eng yaxshi trayektoriyani tanlayotgandek, bir muddat atrofga qaraydi. Keyin kemiruvchi asta-sekin tokchaga tushadi, bo‘yinbog‘ni oladi va yashiringan joyiga qaytadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"