Zilzilada bedarak yo‘qolgan hamyurtimiz tirik holda topildi
Avvalroq Turkiyadagi zilzila oqibatida 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi bedarak yo‘qolgani aytilgandi.

Turkiyaning Kahramanmarash viloyatida bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi topildi. Qutqaruvchilar tomonidan vayronalar ostidan olib chiqilgan vatandoshimiz hozirda shifoxonaga joylashtirilgan va unga ilk yordam ko‘rsatilmoqda.
2023 yil 7 fevral (Toshkent vaqti bilan) soat 10.00 holatiga ko‘ra, zilzila oqibatida Malatya provinsiyasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.
Bundan tashqari, to‘rt nafar hamyurtimiz bedarak yo‘qolgan. Ularni topish bo‘yicha tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.
"Hozirda zilzila oqibatida zarar ko‘rgan fuqarolarimizga tegishli yordam ko‘rsatish va ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida O‘zbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi qoshida 24 soat faoliyat yuritadigan shtab tashkil etilgan bo‘lib, unga quyidagi raqam orqali murojaat qilish mumkin: +90-538-035-85-34", — deyiladi vazirlik xabarida.







