AQSH Tojikistonga Afg‘oniston bilan chegarasini mustahkamlash uchun texnika berdi
U qator maxsus moslamalarni o‘z ichiga oladi.

AQSH Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga Afg‘oniston bilan chegarani mustahkamlash uchun harbiy moslamalar berdi. Bu haqda Tojikiston kimyo, biologik, radiatsion va yadro xavfsizligi agentligi maʼlum qildi.
“Texnik yordam yashil chegara xavfsizligi loyihalari doirasida berilgan bo‘lib, bu Tojikiston Respublikasining Afg‘oniston bilan chegarasidagi huquq-tartibot idoralari infratuzilmasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan”, – deyiladi agentlik axborotida.
Xususan, AQSH energetika departamenti maxsus kiyimlar, zirhli nimchalar, tog‘li zonalarda harbiy amaliyot o‘tkazish uchun moslamalar, minalardan tozalash texnikalari, harbiy mashinalar va boshqa vositalarni taqdim etgan.







