Ayrim mamlakatlarda Whatsapp ishlamay qoldi
Foydalanuvchilar xabarlarni jo‘natish, serverga ulanish, shuningdek, ilova bilan bog‘liq muammolar haqida shikoyat qilgan.

Ayrim mamlakatlarda juma kuni Whatsapp messenjeri ishida muammolar kuzatildi. Bu haqda mashhur internet-resurslar ishini kuzatuvchi Downdetector xizmati maʼlumotlari dalolat bermoqda, deb xabar berdi TASS.
Xizmat maʼlumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar xabarlarni jo‘natish, serverga ulanish, shuningdek, ilova bilan bog‘liq muammolar haqida shikoyat qilgan.
Eng katta muammo Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Italiya, Niderlandiya va Polshada qayd etilgan.







