“Dani bunday ishni qilishga qodir emas”
Hibsga olingan futbolchining rafiqasi tilga kirdi.

Dani Alvesning sobiq rafiqasi Dinora Santana futbolchining hibsga olingani haqida gapirdi.
“Dani bunday ishni qilishga qodir emas. U ayolni sharmanda qila olmaydi. Men u bilan turmush qurganimga 10 yil bo‘ldi. Danini 22 yildan beri bilaman. Uning kimligini va bunday ishlarga qodir emasligini hamma biladi. Vaziyat juda achinarli”, — deya Santananing so‘zlaridan “Sport.es” nashri iqtibos keltirdi.
Oldinroq 39 yoshli Alves 4 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkinligi xabar qilingandi.







