Sport

FIFA Turkiyadagi transfer oynasini zilzila tufayli uzaytirdi

Mamlakatda barcha sport musobaqalari bekor qilingan.

FIFA Turkiyadagi transfer oynasini zilzila tufayli uzaytirdi

 

FIFA Turkiyadagi zilzila tufayli transfer oynasi 18-fevralga qadar uzaytirilganini maʼlum qildi.

 

“Turkiyadagi tabiiy ofat tufayli yuzaga kelgan favqulodda vaziyatni hisobga olgan holda, FIFA Kengashi Byurosi Turkiya futbol assotsiatsiyasining (TFF) TMS bilan ikkinchi ro‘yxatdan o‘tish muddatini 2023-yil 18-fevralgacha uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi”, — deyiladi FIFA xabarida.

 

Avvalroq Turkiyada barcha sport tadbirlari bekor qilingan.

 

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Turkiyada bir qator jiddiy zilzilalar sodir bo‘ldi. Eng kuchli zarbalar 7,8 magnitudaga ega edi. Tabiiy ofatlar natijasida Turkiya bo‘ylab ko‘plab binolar qulab tushdi. Hozirgi maʼlumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 9 ming kishiga yaqinlashmoqda. Yana 50 mingga yaqin odam jarohat oldi.

 

FIFA Turkiyadagi transfer oynasini zilzila tufayli uzaytirdi | Zamon.uz