Turkiyadagi zilzila qurbonlari 12 mingdan oshdi
Qariyb 63 ming kishi esa hodisa oqibatida jabrlangan.

Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining (AFAD) maʼlum qilishicha, mamlakat janubida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar 12 391 nafarga, jarohatlanganlar esa 62,914 kishiga yetgan.
Bundan tashqari, yer silkinishi oqibatida mamlakatda 6 mingdan ziyod inshootlar vayron bo‘lgani aniqlangan.
Rasmiylarning bildirishicha, zilzila oqibatida Turkiya janubiy viloyatlarida 13 milliondan ortiq odam jabr ko‘rgan.







