“U o‘ylab ko‘rishga vada berdi”
“Santos” Kavanini sotib olishga harakat qilmoqda.

“Valensiya” klubi hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini futbol bo‘yicha Braziliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Futbolchiga “Santos” qiziqish bildirmoqda.
“Biz hali ham harakat qilamiz. Hamon imkoniyat bor. Biz Kavaniga murojaat qildik, u bizda o‘ynashni xohlaydimi, deb so‘radik. U o‘ylab ko‘rishga vaʼda berdi”, — dedi “Santos” prezidenti Xose Karlos de Oliveyra.
2022-yil avgust oyi oxirida Kavani “Valensiya” futbolchisiga aylangandi. 35 yoshli urugvaylik futbolchi joriy mavsumda La Liganing 13 ta uchrashuvida maydonga tushib, 5 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ayni vaqtda “Valensiya” 20 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda.







