Eng dolzarb

Poytaxtni chang yutmoqda

Toshkent havo sifati eng yomon bo‘lgan dunyodagi top-20 ta shaharlar orasidan joy oldi.

Poytaxtni chang yutmoqda

 

Toshkentda havo sifatining yomonligi aholi sog‘ligiga bir yilda 503 ta sigaret chekilgandek taʼsir qiladi. Bu haqda House Fresh xalqaro jamoatchilik loyihasining havo sifati bo‘yicha tadqiqotida maʼlum qilingan. 

 

Toshkent havo sifati eng yomon bo‘lgan dunyodagi top-20 ta shaharlardan biri hisoblanib, ro‘yxatda 16-o‘rindan joy olgan. Toshkentdan keyin, 17-o‘rinda Qozog‘istonning Olmaota shahri joylashgan.

 

Tadqiqotda keltirilishcha, Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyodagi shaharlarda havoning sifati eng yomon buzilgan. Shu tarzda bilvosita “chekilgan” sigaretlarning eng ko‘p soni Bangladesh poytaxti Dakka aholisiga to‘g‘ri keladi — 1176 ta. Shuningdek, Bag‘dod shahri havoning iflosligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi. Bu shahar aholisi yomon sifatli havo tufayli har yili bilvosita 1009 ta sigaret “chekishadi”.

 

House Fresh mazkur tadqiqotni o‘tkazish uchun dunyo bo‘ylab shaharlardagi PM2,5 — o‘lchami 0,001 dan 2,5 mikrometrgacha bo‘lgan zarrachalarning o‘rtacha konsentratsiyasi haqidagi maʼlumotlarni tahlil qilib, ularni salomatlikka salbiy taʼsir ko‘rsatishi bo‘yicha yiliga passiv chekiladigan sigareta ekvivalent soniga aylantirishgan. Buning uchun Berkeley Earth formulasidan foydalanilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Poytaxtni chang yutmoqda | Zamon.uz