“Real” oxirigacha kurashishi aniq”
Alba Ispaniya chempionligi uchun kurashdagi raqobat haqida gapirdi.

“Barselona” himoyachisi Jordi Alba Misolda chempionlik poygasi haqida gapirdi.
“Tajribamdan kelib chiqib shuni aytamanki, ligada ham ko‘plab o‘yinlar bor. “Real” oxirigacha juda qattiq intiladi va bu juda qiyin bo‘ladi. Bu juda katta masofa, lekin biz bo‘shashmasligimiz kerak. Ammo g‘alaba o‘z qo‘limizda”, — deya Albaning so‘zlaridan “Marca” nashri iqtibos keltirdi.
20-turdan so‘ng “Barselona” 53 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Real Madrid” 45 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.







