Sport

Son Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

U bu sovrinni sakkizinchi bor qo‘lga kiritdi.

Son Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

 

“Tottenhem” hujumchisi Son Xyon Min 2022 yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

 

Janubiy Koreya terma jamoasining 30 yoshli futbolchisi so‘rovnomada 256 ball to‘pladi va oltinchi yil ketma-ket sovrinni qo‘lga kiritdi. Shunday qilib futbolchi bu ushbu sovringa sakkizinchi bor egalik qildi.

 

Osiyolik futbol jurnalistlari va ekspertlari o‘rtasidagi ovoz berishda 120 ball to‘plagan Mehdi Taremi (“Portu”, Eron terma jamoasi) va Salem Al-Davsariy (“Al-Hilol”, Saudiya Arabistoni terma jamoasi) ikkinchi o‘rinni egallashdi.

 

Kuchli beshlikka, shuningdek, “Napoli” va Janubiy Koreya terma jamoasi himoyachisi Kim Min Chje va Yaponiya hamda Brayton vingeri Kaoru Mitoma kirgan.

 

Son joriy mavsumda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

“Tottenhem”ning navbatdagi o‘yinini 11 fevral kuni “Lester”ga qarshi o‘tkazadi.

 

Son Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi | Zamon.uz