Kloppning “Liverpul”dan ketish vaqti keldimi?
Jamoa katta muvaffaqiyatsizliklarga uchramoqda.

“Liverpul” klubidagi vaziyat yomonlashmoqda. Jamoa Premyer-liganing so‘nggi to‘rt turidan uchtasida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishga majbur bo‘ldi. Klopp shogirdlari Angliya kubogidan chiqib ketishdi. Bundan tashqari chempionatda 10-o‘rinda bormoqda. Chempionlar ligasi pley-off bosqichida klub “Real Madrid”ga qarshi bahsda qatnashadi. O‘yin 21 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Shunday qilib, kundan-kunga “Liverpul”ning holati yomonlashib bormoqda.
Oxirgi o‘yinda “Vulverxempton”ga uchralgan mag‘lubiyat murabbiy Kloppga ham juda salbiy taʼsir ko‘rsatdi.
“Ochig‘i, o‘yinning boshlanishi dahshatli bo‘ldi. Biz ikkita gol o‘tkazib yubordik, bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak edi. Lekin shunday bo‘ldi va biz 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldik. Yaxshiroq himoyalanishimiz kerak edi, ammo jamoamiz juda passiv harakat qildi. Nima bo‘lganini tushuntirib berolmayman. Ammo buning uchun hech qanday bahona yo‘q. Dastlabki 15 daqiqada shunchalik hafsalam pir bo‘ldi. Buni tasvirlash uchun hech qanday so‘z topa olmayapman”.
Muxlislar allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda “KloppOut” xeshtegini ishga tushirishgan, ammo muxlislarning bosh murabbiyga bunday munosabati adolatdanmi?
Insayder Fabritsio Romano murabbiyning atrofida bo‘layotgan hodisalar haqida qo‘shimcha maʼlumot berdi.
“Liverpul” Klopp bilan ishlashni davom ettirmoqchi. U bilan birgalikda klub yozgi transfer oynasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. “Liverpul”ning bu yozdagi ustuvor vazifasi yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish bo‘ladi. Ular bu zonada Djud Bellinhem yoki Metyu Nunes bilan shartnoma imzolamoqchi. Klopp o‘zgarishlarni amalga oshirish va “Liverpul”ni yuqori darajaga qaytarish uchun ko‘p harakat qilmoqda".
Bu mavsumni saqlab qolish mumkinmi? Chempionlar ligasinichi? Ko‘pchilik hozirgi voqealarni Kloppning Germaniyadagi faoliyatiga o‘xshatishmoqda. 2008 yilda u yetti yillik boshqaruvda klubni Bundesligaga qaytarish uchun muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng “Mayns”ni tark etgandi. Klopp boshqaruvidagi Dortmundning “Borussiya”si ham murabbiy bilan shartnomani yettinchi mavsumda yakunlagan.
Nemis murabbiyi hozirda “Liverpul” boshqaruvida o‘zining yettinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Agar Frederik Begbeder futbol haqida yozsa, u albatta “Kloppning jamoalari yetti yil yashaydi” kitobini chiqarardi. Lekin, aslida bu g‘alati tendensiyaga sabab nima?
Gollar nisbati bo‘yicha “Liverpul” APLda 41,11 ochko bilan faqat “Arsenal” (41,26) va “Manchester Siti”dan (46,17) ortda qolib, uchinchi o‘rinda bormoqda. Agar biz faqat Angliya chempionatini oladigan bo‘lsak, so‘nggi yillarda klublar yomon o‘yinlardan jiddiy zarar ko‘rgani haqida statistiklar mavjud. Masalan, Graham Potterning “Brayton” klubi 2020/2021 yilgi mavsumda - 40 ta gol urib, jadvalda kutilganidan juda past o‘rinni egalladi. Shuningdek, 2019/2020 yilgi mavsumda “Uotford” 36 ta gol urib, musobaqani tark etishga majbur bo‘ldi.
“Liverpul” bu mavsum 34 ta gol urdi. Bu jamoaning hujumda yaqqol kamchiliklaridan biri. Ammo hujum chizig‘zidagi muammolarni inobatga olgan holda ham jamoa kuchli hujum hajmini saqlab qolmoqda. “Liverpul” Premyer-ligada darvozaga umumiy 336 bor zarba yo‘llagan. Aniq zarbalar soni 113 tani tashkil etadi. Bu bo‘yicha jamoa “Man Siti”dan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Agar Luis Dias va Diogo Jota sog‘-salomat bo‘lganida va yarim himoya doimiy o‘zgarishlarga uchramas edi. Unda “Liverpul” hujumda yana-da kuchliroq ko‘rinardi. Ammo boshqa jamoalarga nisbatan hozirgi ko‘rsatkich juda ham falokatli emas.
Yuqori pressing Klopp falsafasining asosiy elementlaridan biri bo‘lib, unga himoyaning mustahkamligi va hujumdagi tezkorlik hamohang qurilgan. O‘tgan mavsumda “Liverpul” bosimning intensivligi bo‘yicha Premyer-ligada eng yaxshisi bo‘ldi. Bu mavsum jamoa ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha atigi oltinchi o‘rinni egallab turibdi. Ammo bu faqat intensivlikni aks ettiruvchi raqamlar.
Eng muhimi, presssingning samaradorligi. Pressingning ish bermasligi jamoaning jismoniy shakli va individual futbolchilarning zaiflashuviga sabab bo‘ladi. O‘tgan mavsumda Saloh, Henderson va Trentning o‘yinlaeridagi pasayishlar og‘ir kechdi. Ko‘p jarohatlar tufayli o‘yin amalyoti cheklangan. Kloppning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lgan Sadio Manening ketishi kuchli taʼsir ko‘rsatdi.
Kloppning o‘zi uzoq vaqtdan beri umumiy imkoniyatlarning tugashi haqida gapirib keladi. Klub “Chelsi”ga o‘xshab, tarkibni keskin o‘zgartirishga intilmayapti. “Liverpul”ning shaxsiy kompaniyasi “Fenway Sports Group” prezidenti Mayk Gordon yangi investorlarni qidirmoqda, sport direktori Julian Uord esa yozda ketadi. Hattoki transfer haqidagi mish-mishlar ham Liverpul atrofida u qadar faol tarqalmayapti. Aftidan, strategiya o‘zgarishsiz qoladi. Umuman olganda, bu strategiya o‘z natijasini berdi.
Endi Van Deyk va Jota umumiy guruhdagi mashg‘ulotlarga qaytishmoqda. Bunga parallel ravishda “Liverpul” muxlislari Nunes va Kodi Gakpo o‘zlariga sarmoya kiritgan mablag‘ni qaytarishni boshlashlariga ishonishmoqda. Qolgan olti oyda Klopp buzilgan mashinani tuzatishi dargumon. Jamoa ham jismonan, ham ruhiy jihatdan charchagan. “Liverpul” o‘tgan mavsum oxirigacha to‘rtta sovrin uchun kurashdi.







