Sport

Braziliya oltinchi jahon chempionligini qo‘lga kirita oladimi?

Terma jamoa murabbiyligiga Karlo Anchelotti tavsiya etilmoqda.

Braziliya oltinchi jahon chempionligini qo‘lga kirita oladimi?

 

Braziliyada muhim xabar eʼlon qilinish arafasida. “ESPN” nashrining xabariga ko‘ra, “Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin. 63 yoshli mutaxassis mana shu mavsum yakunlanganidan so‘ng jamoada ish boshlaydi. Qayd etilishicha, “Real”ning braziliyalik futbolchilari – Eder Militao, Rodrigo Goes va Vinitsius Junior italiyalik mutaxassisning o‘z terma jamoasini boshqarishidan allaqachon xabar topishgan.

 

Anchelottining taktikasi futbolchilarning qobiliyatiga bog‘liq. Uning uchun birinchi o‘rinda futbolchilarning tayyorgaligi muhim. Karlo o‘yinchilar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatadi, tanqidlar Anchelottiga to‘g‘ri qarorlar qabul qilishiga to‘sqinlik qilmaydi budan tashqari katta tajribaga ega ekanligini unga bo‘lgan qiziqishning ortishiga sabab bo‘lmoqda.

 

Braziliya Futbol Konfederatsiyasi (CBF) va uning prezidenti Ednaldo Rodriges murabbiylik lavozimiga bir nechta nomzodlarni ko‘rib chiqdi. Rahbariyat jamoani katta nomga ega mutaxassis boshqarishini xohlardi. Nomzodlar ro‘yxatida Anchelottidan tashqari Joze Mourinyo, Zinedin Zidan, Luis Enrike, Tomas Tuxel va hatto Xosep Gvardiola ham bor edi. Lekin Braziliya uchun asosiy variant aynan italiyalik mutaxassis edi. Qayd etilishicha, shartnoma tafsilotlari hozircha muhokama qilinmoqda, biroq u uch yil muddatga tuzilishi allaqachon maʼlum. Murabbiyning o‘zi ham bu xabarga munosabat bildirdi.

 

Karlo Anchelotti

“Real Madrid” bosh murabbiyi

“Braziliya terma jamoasi? Men bu haqda hech narsa bilmayman, Braziliyada nima xabar qilingani haqida ham maʼlumotga ega emasman. Men “Real” bosh murabbiyiman va mening shartnomam 2024-yilning iyunigacha amal qiladi”.

 

Na Braziliya, na Anchelotti mutaxassisning “Real” bilan shartnomasi bo‘lganligi sababli bu mish-mishlarni tasdiqlamadi. Shu bilan birga, “qaymoqranglilar” prezidenti Florentino Peres, Globo nashri xabariga ko‘ra, italiyalik murabbiyning jamoadan ketishi bo‘yicha Braziliya futbol federatsiyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazadi.

 

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida Karlo bir qancha qiyinchiliklarga duch keladi. Birinchidan, 2024-yilda Ekvadorda Amerika Kubogi bo‘lib o‘tadi. Braziliya 2021-yilgi finalda Argentinaga yutqazib, chempionlikni qo‘lga kiritolmagan edi. Undan ikki yil o‘tib AQSH, Meksika va Kanada jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Unda braziliyaliklar yana omadsizlikka uchramasligi juda ham muhim. Shu sababli Anchelotti uchun birinchi vazifa jangovar tayyorgarlikka ega bo‘lgan jamoani tayyorlash bo‘ladi.

 

Shu o‘rinda yana bir muhim savolga duch kelamiz: italiyalik murabbiy uch yil ichida jamoani qayta tiklay oladimi? Qog‘ozda Braziliya 2022-yilgi jahon chempionatida ham eng kuchli jamoa bo‘ldi. Ammo 2026-yilga kelib muhim o‘yinchilar yana-da yoshi ulg‘ayadi. Tiago Silva 41 yoshga to‘ladi, Danilo 35 yoshga kiradi, Kazemiro va Neymar 34 yoshni to‘ldiradi. Anchelotti himoya chizig‘ida puxta ishlashi kerak bo‘ladi.

 

Karlo ham “Portugal dilemmasi”ga duch kelishi aytilmoqda. Bu vaqtga kelib yoshi ulg‘ayadigan Neymar 2022-yilgi jahon chempionatida portugaliyalik Ronaldu kabi jamoa uchun muammoga aylanishi mumkin. Murabbiyning qarori esa bunda muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, Karlo eng yaxshi futbol psixologlaridan biri, shuning uchun bu muammoni hal qilish unga qiyinchilik tug‘dirmasa kerak.

 

Agar Anchelotti haqiqatan ham Braziliya terma jamoasini boshqarsa, bu uning terma jamoalar ishtirokidagi ilk tajribasi bo‘ladi. Uning murabbiylik faoliyati aynan shu yerda tugashi ramziy maʼnoga ega. Avvalroq, Anchelotti “Real” bilan shartnomasi tugaganidan keyin faoliyatini to‘xtatishini aytgandi. Ammo yangi loyihani sinab ko‘rish, jahon chempionatida g‘alaba qozonish va albatta futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiylardan biri sifatida tarixga kirish istiqbollari juda jozibali. Bu Anchelotti uchun ajoyib martaba bo‘ladi. Hamda Braziliya nihoyat oltinchi jahon chempionatida g‘olib chiqishga yordam beradigan kuchli murabbiyga ega bo‘ladi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Braziliya oltinchi jahon chempionligini qo‘lga kirita oladimi? | Zamon.uz