“Real” “Barselona”ni ortda qoldirdi
Klub kecha navbatdagi chemopionligini qo‘lga kiritdi.

Madridning “Real” klubi qo‘lga kiritilgan sovrinlar soni bo‘yicha “Barselona”dan ustunligini mustahkamladi
Eslatib o‘tamiz, kecha “Real Madrid” klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi va o‘zining 100-kubogini qo‘lga kiritdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Qirollik klubi” 98 ta chempionlik unvoniga ega “Barselona”dan o‘tib ketdi.
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati final uchrashuvida Madridning “Real” klubi “Al-Hilol”ni 5:3 hisobida mag‘lub etdi.
“Real Madrid” safida Vinitsius Junior va Federiko Valverde ikkitadan gol urishdi. Yana bir golni Karim Benzema kiritdi.
Ayni vaqtda, Ispaniya chempionatida “Real” 45 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam “Barselona”dan 8 ochko ortda qolmoqda.







