“Uning “Bavariya”ga qarshi o‘ynashi shubha ostida”
Parijliklar murabbiyi Mbappening holati haqida gapirdi.

“PSJ” bosh murabbiyi Kristof Galtiyer Kilian Mbappening “Bavariya”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvida ishtirok etishiga shubha bilan qarashini aytdi.
“Men Mbappe o‘ynamaydi deb o‘ylamayman. Oldinda boshqa o‘yinlar bor, biz uning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymoqchi emasmiz. Umid qilamizki, u muvaffaqiyatli tuzalib ketadi”, — dedi “PSJ” bosh murabbiyi.
Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe 1 fevral kuni Fransiya 1-ligasi doirasida “Monpele”ga qarshi o‘yinda chap sonidan jarohat olgan edi. “PSJ” futbolchining tiklanishi taxminan uch hafta davom etishini aytgan. Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasidagi “Bavariya” va “PSJ” o‘rtasidagi ilk uchrashuv 14 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.







