Sport

Ikki yillik tanaffusdan so‘ng “Humo” “play-off” o‘yinlarini o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda

Dastlabki o‘yinlar uchun chiptalarni iTicket.uz sayti va mobil ilovasi orqali, shuningdek, “Humo Arena” kassalaridan xarid qilish mumkin.

Ikki yillik tanaffusdan so‘ng “Humo” “play-off” o‘yinlarini o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda

 

Qozog‘istonning Professional xokkey Ligasining muntazam chempionati yakunlandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkentning “Humo” xokkey klubi qatʼiy ikkinchi o‘rinni egalladi. Ko‘k-to‘q sariq ranglardagilar 44 o‘yinda 33 g‘alabaga erishib, 68 ochko to‘pladi.

 

Ikki yillik tanaffusdan so‘ng, noldan yig‘ilgan jamoa mavsumning birinchi o‘yinlarida qiyinchiliklarga uchradi, g‘alabalar mag‘lubiyatlar bilan ketma-ket keldi. Ammo noyabr oyidan boshlab vaziyat ham, jamoa tarkibi ham barqarorlashdi, murabbiylar shtabining saʼy-harakatlari va mashaqqatli mehnati o‘z natijalarini bera boshladi - Toshkentlik jamoani barcha raqiblar hurmat qila boshladi.

 

16 fevral kuni “Humo” chempionatning ikkinchi bosqichi – Pley-off, yaʼni chiqish o‘yinlarida ishtirok etishni boshlaydi.

 

Birinchi raqib – Rudniyning “Gornyak” jamoasi. Vazifa – birinchi seriyada to‘rtta g‘alabani qo‘lga kiritib, yarim finalga yo‘l olish. Birinchi ikkita o‘yin “Humo Arena”da 16 va 17 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘yinlar Rudniy shahrida 21 va 22 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Agar kerak bo‘lsa, beshinchi o‘yin Toshkentda 26 fevral kuni, o‘yinlarning durrang natijasida esa, hal qiluvchi yettinchi o‘yin ham O‘zbekistonning poytaxtida 6 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

 

Jamoa bilan 2019/2020 mavsumda ham birga ishlagan “Humo”ning  bosh murabbiyi Yevgeniy Popixin jamoa Pley-off bosqichiga jiddiy tayyorlangan holda kirishiga va Chempionatning bosh sovrini uchun kurashishiga qatʼiy ishonadi.

 

Rossiyaning tajribali mutaxassisi yordamchilari bilan birgalikda jamoani mavsumning eng muhim o‘yinlariga jiddiy tayyorlaganlar.  Jamoa Ligadagi eng ishonchli himoya chizig‘iga ega, buni muntazam mavsumda barcha jamoalar orasida o‘tkazib yuborilgan gollarning (71) eng yaxshi nisbati ko‘rsatib turibdi. Muvozanatli tarkib, xokkeychilarning yaxshi jismoniy holati, murabbiylarning to‘g‘ri taktik munosabati va albatta, uy tribunalarining qo‘llab-quvvatlashi jamoaga yuksak marralarni zabt etish imkonini bera oladigan muvaffaqiyat tarkibiy qismlari hisoblanadi.

 

“Humo” o‘zining sevimli tomoshabinlari uchun bayramona muhit va ko‘plab tadbirlarni tayyorladi. Hozir chempionatning eng hal qiluvchi pallasida jamoaga muxlislar yordami oldingidanda ko‘proq kerak. Aytgancha, ularga qulaylik yaratish maqsadida Liga bilan ish kunlaridagi o‘yinlarning boshlanishini 30 daqiqaga ko‘chirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Endi boshlang‘ich hushtak chalishgacha hamma o‘z vaqtida yetib kelishi uchun o‘yinlar soat 19.30da boshlanadi.

 

Dastlabki o‘yinlar uchun chiptalarni iTicket.uz sayti va mobil ilovasi orqali, shuningdek, “Humo Arena” kassalaridan xarid qilish mumkin.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Ikki yillik tanaffusdan so‘ng “Humo” “play-off” o‘yinlarini o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda | Zamon.uz