Jiru termada qoladimi?
Futbolchining o‘zi bunga javob berdi.

"Milan" klubining 36 yoshli hujumchisi Olive Jiru Fransiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida gapirdi.
“Yo‘q, hali tugamadi. Umid qilamanki, men ko‘proq his-tuyg‘ularga ega bo‘laman. Men faoliyatimni tugatishga tayyor emasman. Menda davom etish uchun motivatsiya bor va jismonan ham o‘zimni yaxshi his qilyapman. Ayni paytda meni Fransiya terma jamoasiga chaqirishsa ham bo‘ladi”, — deya Jiruning so‘zlaridan “LʼEquipe” nashri iqtibos keltirdi.
Avvalroq, darvozabon Ugo Loris va himoyachi Rafael Varan Fransiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini maʼlum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya terma jamoasi JCH-2022 finalida Argentina terma jamoasiga imkoniyatni boy bergandi.







