“Mening yuragim ular uchun uradi”
Messi Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlari haqida gapirdi.

Argetina terma jamoasi va “PSJ” hujumchisi Lionel Messi Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlariga hamdardlik bildirdi.
“Turkiya va Suriyadagi halokatli zilzilalardan jabrlangan minglab bolalar va ularning oilalari uchun juda qayg‘uli davr. Yuragim ular uchun uradi”, — deb yozdi Messi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Shuningdek, argentinalik futbolchi g‘amxo‘r muxlislarni zilziladan jabr ko‘rgan bolalarga yordam berishga chaqirdi va xayriya tashkilotiga havolani ilova qildi. Avvalroq, “PSJ” superyulduzining dastxati tushirilgan futbolkasi xayriya auksionida sotilgan edi. Argentinalik futbolchining futbolkasini sotishdan tushgan mablag‘ ham zilzila qurbonlariga yordamga yo‘naltiriladi.







