Sport

“Manchester Yunayted” 18 yoshli futbolchini sotib olishga tayyor

Futbolchiga yana boshqa klublar ham qiziqish bildirgan.

“Manchester Yunayted” 18 yoshli futbolchini sotib olishga tayyor

 

Belgiyalik “Antverpen” yarim himoyachisi Artur Vermeren Angliya Premyer-ligasining bir qancha klublari, jumladan, “Manchester Yunayted” va “Nyukasl”ning nishonida bo‘lib turibdi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar bermoqda.

 

Avvalroq, “Antverpen” klubi bosh murabbiyi Mark van Bommel 18 yoshli futbolchining Belgiya terma jamoasida kelajagi katta ekanligi haqida fikr bildirgandi. Vermeren hali kattalar jamoasida debyut qilgani yo‘q, biroq Belgiya U-18 terma jamoasida allaqachon uchta o‘yin o‘tkazgan.

 

Artur Vermiren joriy mavsumda barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2026-yilda yakuniga yetadi. Belgiyalik futbolchining transferi 23 million yevroga baholangan.

 

“Manchester Yunayted” 18 yoshli futbolchini sotib olishga tayyor | Zamon.uz