Turkiyada Rossiya va Ukraina futbolchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv bo‘ldi
Ular bitta mehmonxonada turgani aytilmoqda.

Turkiya mehmonxonalaridan birida Ukrainaning “Minay” va Rossiyaning “Shinnik” futbol klublari o‘yinchilari ommaviy mushtlashdi. Ularning barchasi Antaliyadagi Royal Seginus otelida yashagan.
To‘qnashuv 13 fevralda boshlangan. Ukrain klubining 4 aʼzosi mehmonxona hovlisida turgan rossiyalik futbolchi yoniga kelgan va undan Ukraina madhiyasini kuylashni talab qilgan. o‘z navbatida rossiyalik ko‘chaga chiqishni va “yakkama-yakka gaplashib olish”ni taklif qilgan. ammo o‘sha kuni nizoga mehmonxona xodimlari aralashgan.
Bir qancha vaqtdan keyin o‘yinchilar liftda urushib ketadi. Ammo lift yakunda Rossiya o‘yinchilari turgan qavatga keladi. Shundan keyin ommaviy mushtlashuv boshlanib ketgan. Mehmonxonaga “Tez yordam” va politsiya xodimlarini chaqirishga to‘g‘ri keldi. Hozirda politsiya bu yerda doimiy ravishda navbatchilik qilmoqda.
Klublarning rasmiy saytlarida bu haqda hech narsa deyilmagan. Ammo ularning Turkiyada ekanligi tasdiqlangan.







