“Bavariya” muxlislari norozi
Ularga chiptalar qimmat narxda sotilgan.

“Bavariya” muxlislari “Park de Prens”ga chiptalar narxidan norozi. Bu haqda “RMC Sport” nashri xabar berdi.
2017-yilning kuzida “Bavariya” Chempionlar ligasi guruh bosqichida “PSJ” bilan oʻynaganida, nemis klubi muxlislari chiptalarni 75 yevrodan sotib olgan.
Oradan besh yarim yil oʻtib, Chempionlar ligasining 1/8 finalida “Bavariya”ning “PSJ” bilan oʻyiniga kelgan tomoshabinlar yana 70 yevrodan toʻlashgan. Ular bundan noroziligini bildirishgan.
Eslatib oʻtamiz, Chempionlar ligasining 2022/2023-yilgi mavsumi 1/8 finalining birinchi oʻyini “PSJ” – “Bavariya” oʻyini kecha yakunlandi. Oʻyin Parijdagi “Park de Prens” stadionida boʻlib oʻtdi. Uchrashuv 1:0 hisobida “Bavariya” foydasiga hal boʻldi. Jamoalarning javob uchrashuvi 8-mart kuni Myunxenda boʻlib oʻtadi.







