FIFAning uch yildagi daromadi rekord darajada oʻsdi
Bu miqdor 7,6 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) 2019-2022-yillardagi daromadi rekord darajani yaʼni 7,6 milliard dollarni tashkil qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida maʼlumot berildi.
FIFA kengashi 2022-yilgi yillik hisobotni maʼqulladi, unda 2019-2022-yillar davomida rekord darajadagi daromad qayd etilgan. 2023-2026-yillarda daromad 11 milliard dollarni tashkil etishi rejalashtirilmoqda.
“FIFAning futbolga misli koʻrilmagan sarmoyasi bizning kuchli moliyaviy shaffofligimiz natijasidir va biz futbolni chinakam global miqyosga olib chiqishga intilayotganimizning aniq namunasidir. Qatarda boʻlib oʻtgan jahon chempionatining ajoyib muvaffaqiyatli oʻtgani tashkilotning oʻz missiyasini aʼzo assotsiatsiyalarimiz va futbol olami uchun amalga oshirish qobiliyatining kaliti boʻldi”, — deya FIFA prezidenti bunga oʻz munosabatini bildirgan.







