Eng dolzarb

Qozog‘istonning O‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegaralarida elektron navbat tizimi joriy etiladi

Bugungi kunda tizim orqali 84 000 ta bronlash amaliyoti amalga oshirilib, 7 500 ga yaqin foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.

Qozog‘istonning O‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegaralarida elektron navbat tizimi joriy etiladi

 

Fevral oyi oxirigacha Qozog‘istondagi to‘rtta nazorat-o‘tkazish punktida elektron navbat tizimi joriy etiladi. Bu haqda Kazinform Davlat daromadlari qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib xabar beradi.

 

Ulardan ikkitasi Xitoy chegarasidagi «Baqti» (Abay viloyati) va «Maykapshag‘ay» (Sharqiy Qozog‘iston viloyati) stansiyalaridir. “CarGoRuqsat” xizmati «Baqti» bekatida 15 fevraldan, «Mayqapshag‘ay» bekatida esa 20 fevraldan yo‘lga qo‘yiladi.

 

Yana ikkita bekat Mang‘istauda viloyatida joylashgan. Navbat “Temir-bobo” bekatida 22 fevraldan, «Tajen» bekatida esa 27 fevraldan joriy etiladi. Birinchisi Turkmaniston, ikkinchisi O‘zbekiston bilan chegarada.

 

Bungacha Qozog‘iston-Xitoy chegarasidagi “Dostyq” va «Nur Joly» o‘tkazish punktlarida elektron xizmat joriy qilingan edi. Bugungi kunda tizim orqali 84 000 ta bronlash amaliyoti amalga oshirilib, 7 500 ga yaqin foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.

 

Xizmatni ishlab chiquvchilarning fikricha, tizim doimiy ravishda takomillashtirilmoqda. Tez orada Face ID, yaʼni shaxsning yuzini skanerlash, chet el fuqarolari uchun bank kartalari orqali tasdiqlash xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Qozog‘istonning O‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegaralarida elektron navbat tizimi joriy etiladi | Zamon.uz