“Yo‘lbars qasosi”: Hindistonda bobo va nabira yo‘lbars qurboniga aylandi
Hozirda yirtqichni ushlashga harakat qilishmoqda.

Hindistonda yo‘lbars 18 yoshli yigitni o‘ldirdi. Uning dafn marosimiga kelgan bobosi ham yirtqich qurboniga aylangan.
Holat Karnataka shtatida yuz bergan. Chetxan ismli yigit yakshanba kuni kofe plantatsiyasida yo‘lbars tomonidan o‘ldirilgan. Plantatsiya yonida Nagaraxol milliy parki joylashgan. Chetxan yirtqich oldidan qochishga ulgurmagan.
Uning bobosi o‘sha kuni kechqurun nabirasining dafn marosimiga kelgan. Dushanba kuni uydan chiqqanda qariya yo‘lbars hujumiga uchrab, halok bo‘lgan.
Ushbu holatlardan keyin hududga maxsus guruh yetib kelgan. Hozirda O‘rmon xo‘jaligi departamenti xodimlari yirtqichni ushlashga tayyorlanmoqda.







