“Barselona” La Ligadan chetlatilishi mumkin
Klub hakamlarga pora berganlikda ayblanmoqda.

“Bolavip” nashrining so‘zlariga ko‘ra, agar prokuratura jamoa hakamlarga pora berganini isbotlasa, “Barselona”ga qanday sanksiyalar qo‘llanilishi mumkinligi maʼlum bo‘ldi.
Manbaga ko‘ra, agar klub aybdor deb topilsa, u holda Ispaniya chempionatidagi ochkolaridan olib qo‘yilishi yoki La Ligadan chetlatilishi mumkin.
Oldinroq OAVda Barselona Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreiraga pul to‘lagani haqida xabarlar tarqalgan edi. 2016-2018 yillar oralig‘ida Kataloniya klubi hakamlar qo‘mitasining sobiq rahbariga tegishli bo‘lgan “DASNIL 95”ga 1,4 mln yevro to‘lagani gumon qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq moliyaviy qallobliklar tufayli Italiya chempionatida “Yuventus”dan 15 ochko olib tashlangan edi. 2006 yilda jamoa kelishilgan o‘yinlar uchun B seriyaga tushib ketgandi.







