0

Bloomberg: Dunyoda yangi qurollanish poygasi boshlandi

Tahlilchilar Rossiya-Ukraina mojarosi fonida barcha davlatlar harbiy strategiyalarini qayta ko‘rib chiqayotganiga eʼtibor qaratishdi. 2022 yil 24 fevraldan keyin ko‘plab mamlakatlarda harbiy xarajatlar keskin oshgani qayd etilgan.

Bloomberg: Dunyoda yangi qurollanish poygasi boshlandi

 

Rossiyaning Ukrainaga bosqini ortidan barcha davlatlar o‘z harbiy doktrinasi, harbiy texnika va qo‘shinlar taʼminotini qayta ko‘rib chiqmoqda. Bloomberg tahlillariga ko‘ra, mojarodan bir yil o‘tib dunyoda yangi qurollanish poygasi boshlandi.

 

Agentlik nafaqat Yevropa davlatlari, balki AQSH, Xitoy, Tayvan va Hindiston ham harbiy strategiyasini o‘zgartirmoqda. Ukrainaning yonida joylashgan ko‘plab mamlakatlar mudofaa sanoati quvvatlarini kengaytirdi, harbiy xarajatlar, tanklar, artilleriya  va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari soni keskin oshirildi.

 

Shu bilan birga ayrim amerikalik amaldorlar Yevropa va Osiyo xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyatni o‘zaro bog‘langan yoki yagona holatda ko‘rmoqda. “Katta yettilik” va BRIСS‘ning baʼzi davlatlarida yadro urushidan tortib oziq-ovqat yetishmovchiligi muammosini anglash oshdi.

 

Bloomberg‘ga ko‘ra, NATO davlatlarining mudofaa xarajatlari 1980 yillardan to 2022 yilgacha barqaror tarzda qisqartirib kelindi. Ammo Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga kirgach, harbiy maqsadlarga sarflangan pullar ko‘paydi. Masalan, 2023 Polsha mudofaa xarajatlarini 2 barobarga oshirdi. Davlat byudjetining ushbu sektorga yo‘naltirgan mablag‘lari 97.4 milliard zlotiy (22 milliard dollar)ga yetdi. Yana 30-40 milliard zlotiy (6.7-8.9 milliard dollar) byudjetdan tashqaridagi armiya fondidan ajratiladi. Umuman Varshavaning mudofaa xarajatlari YAIMning 4 foizini tashkil etmoqda.

 

Shuningdek, Germaniya 2022 yilda 100 milliard yevrodan iborat maxsus fond tuzganini qayd etish lozim. Tahlilchilar 2024 yilda nemislar mudofaa uchun 10 milliard yevro ko‘p sarflashini prognoz qilishmoqda. O‘tgan yili rasmiy Berlin 2024-2030-yillar uchun harbiy xarajatlarga 400 milliard yevro ajratilishini eʼlon qilgandi. Bu o‘tmishdagi mudofaa xarajatlaridan 1/3 ga ko‘p.

 

Bundan tashqari, NATO davlatlari Rossiya bilan harbiy to‘qnashuv boshlangan taqdirda arsenallari tezda bo‘shab qolishidan xavotirga tushgan. Bloomberg suhbatdoshlaridan biri G‘arb davlatlarining Afg‘oniston, Livan, Mali va Iroqdagi 13 yillik ishtiroki davomida Caesar gaubitsalaridan otilgandan ko‘proq snaryadlarni rus harbiylari Donbassda  bir haftada sarflashi mumkinligini aytgan. Buyuk Britaniya hisob-kitoblariga ko‘ra, Birlashgan Qirollikning 155 mmli artilleriya snaryadlarining bir yillik zaxirasiga teng snaryadlar yozda Rossiya tomonidan ikki kunda, Ukraina tomonidan esa kuzda bir haftada ishlatilgan.

 

“Bu post sovuq urush davrining yakunini anglatadi va u 2022 yilning 24 fevral kuni tugadi. Barcha armiyalar bu bosqichdan o‘tadi. Hozir hech kimda, jumladan, AQSHda ham yirik va intensiv urush olib borish zaxiralari yo‘qligi ko‘rinib qoldi”, – degan harbiy tahlilchi Fransua Xeysburg.

 

Bundan tashqari, Ukraina mojarosi butun dunyoda qurollar ustidan nazoratning susayishiga olib keldi. Xususan, Rossiya va AQSH strategik hujumkor qurollar bo‘yicha shartnoma muzokaralarini to‘xtatdi.

 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Bloomberg: Dunyoda yangi qurollanish poygasi boshlandi