Cheferin UEFA prezidentligiga yagona nomzod
U yana 4 yil muddatga qayta saylanadi.

UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin bu lavozimga yagona nomzod. Bu haqda “AS” nashri xabar berdi.
Sloveniyalikning raqibi yo‘qligi sababli, u 5 aprel kuni Lissabonda bo‘lib o‘tadigan UEFAning 47-kongressida to‘rt yillik muddatga qayta saylanadi. 55 yoshli Cheferin 2016 yildan beri UEFAni boshqarib kelmoqda.







