Sport

Dani Alvesni juda qattiq jazo kutmoqda

Futbolchining bizneslari ham to‘xtab qoldi.

Dani Alvesni juda qattiq jazo kutmoqda

 

Futbolchi Dani Alves hozirda Barselonadagi tungi klubda bir qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib, Ispaniya qamoqxonasida saqlanmoqda. U 4 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan Alves ishi bo‘yicha hukm juda ham og‘irlashayotganini ko‘rishimiz mumkin.

 

Tergov jarayonida braziliyalik futbolchiga qarshi bir qancha tafsilotlar paydo bo‘ldi. Danining o‘zi allaqachon uch marta guvohlarini o‘zgartirgan, bu uning uchun vaziyatni yana-da og‘irlashtiradi. Bunga parallel ravishda uning shaxsiy hayoti va biznesida katta salbiy o‘zgarishlar bo‘lmoqda.

 

Sud-tibbiy ekspertizasi Alvesning aybini tasdiqladi

 

Sud-tibbiyot ekspertlari daʼvo qilingan zo‘rlashdan so‘ng olingan bir nechta DNK namunalarini tahlil qilishdi. Politsiya tungi klub hojatxonasini ko‘zdan kechirdi va 20-yanvar kuni Dani Alves o‘z ixtiyori bilan topshirgan materialga qiyoslangan biologik material qoldiqlarini, shuningdek, jarohatlangan 23 yoshli qizning libosi va uning tanasida topilgan narsalarni topdi. Kataloniyaning yirik axborot agentligi “El Periódico” nashrining xabar berishicha, dalillar tahlili barcha holatlarda bir kishiga yaʼni Alvesga tegishli ekanligini ko‘rsatdi.

 

Maʼlumotlar qiz Alves tomonidan zo‘rlanganini tasdiqladi. Avvaliga Dani Alves bu qizni umuman tanimasligini aytdi. Keyinchalik futbolchi uni klubda ko‘rgani haqida gapirdi. Ayni vaqtda esa braziliyalik futbolchining advokatlari uning jinoyatini yengillashtirishga harakat qilishmoqda.

 

Alves garovsiz hibsga olingan. Muqobil variant sifatida Danining advokatlari futbolchini uy qamog‘iga chiqarishni taklif qilishgan, biroq bu iltimos ham qondirilmagan. Prokuratura sudga braziliyalik futbolchiga har qanday imtiyozlarga qarshi daʼvo arizasini taqdim etgan. Ishning yangi tafsilotlari Alvesning foydasiga ishlamasligi turgan gap. Hukm hali eʼlon qilingani yo‘q, ammo futbolchini juda qattiq jazo kutmoqda.

 

Alvesning hayoti butunlay izdan chiqdi

 

Alves qamoqxonada ancha qulay va imtiyozli sharoitlarda saqlanmoqda, ammo bu uni juda xursand qilishi dargumon. “Barselona”, “PSJ” va “Yuventus”ning sobiq futbolchisining hayoti barbod bo‘lmoqda.

 

“El Confidencial” nashri rasmiy hujjatlarni eʼlon qildi, unga ko‘ra Alves Ispaniyada soliqlardan 2,25 million yevro qarzdor. Hokimiyat uning Barselonadagi uyining ulushlarini tortib olgan. Bu huquqlarining 50 foizi Alvesning sobiq rafiqasiga tegishli.

 

Bundan tashqari Alvesning beshta kompaniyasidan uchtasi 2019-2021 yillarda tugatilgan. Alvesning moliyaviy ahvoliga uning hibsga olinishidan so‘ng bir qator homiylar bilan hamkorlik to‘xtatilgani katta taʼsir ko‘rsatdi.

 

Danining so‘nggi klubi meksikaning Pumas klubi ham futbolchi bilan shartnomani bekor qildi. Alves kelishuv shartlarini buzilgani uchun 5 million dollar miqdorida tovon puli talab qilmoqda. Meksikaliklar shartnomada doping bilan bog‘liq muammolar va mamlakat qonunchiligiga ko‘ra jinoyat hisoblangan bir qancha xatti-harakatlarni keltirmoqda. Klub Alvesning ishini uchinchi toifaga kiradi deb hisoblamoqda.

 

Dani Alvesning advokatlari har qanday holatda ham futbolchining ayblarini yashirishga harakat qilmoqda. Ispaniyaning “La Razon” nashri uning himoyasi uchun eng muhim nuqtalardan biri. Dani o‘z rafiqasi, ispaniyalik model Joana Sans bilan sud jarayoni va hukm o‘qilishi tugaguniga qadar ajrashmasmaydi.

 

OAVning yozishicha, Sansning Alves himoyachilari bilan kelishuvi bor. Advokatlar Joana unga ishonishini ko‘rsatishni juda muhim deb hisoblaydi.

 

“Men uni hayotining eng yomon daqiqalarida tark etmayman”, — degan Sans jurnalistlarga.

 

Sans eriga yordam berishga rozi bo‘ldi va hatto uni ko‘rgani qamoqxonaga borgan. Ammo er-xotinlar o‘rtasidagi munosabatlar buzilgan. Qamoqxonaga tashrifi chog‘ida Joana Alves bilan 30-dekabr kuni Sutton tungi klubida ro‘y bergan voqea haqida gaplashgan. “La Razan” nashrining yozishicha uchrashuvda sud hukmidan keyin ajralish shartlari ham muhokama qilingan.

 

Sans Alvesning ijtimoiy tarmoqlardagi barcha suratlarini olib tashladi. Joan zarurat tug‘ilganda Daniga ko‘p jihatdan yordam beradi, chunki sud jarayonining natijasi uning hayotiga ham taʼsir qiladi. Alvesning uzoq muddatga qamalgandan ko‘ra oqlangani Sansning imidjiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.

 

Futbolchining sobiq rafiqasi Dinora Santana ham uni qo‘llab-quvvatlagan. Dani va Santananing Viktoriya ismli qizi va Daniyel ismli o‘g‘li bor. Biroq, ayni vaqtda Alvesning nafaqat oilaviy muhiti va butun hayoti buzilish arafasida turibdi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Dani Alvesni juda qattiq jazo kutmoqda | Zamon.uz